Oʼzbekiston Respublikasining "Koruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonunining 16-moddasida, Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʼyicha zarur chora-tadbirlar koʼradi, shu jumladan korruptsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va taʼlimni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, oʼquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yoʼli bilan zarur chora-tadbirlar koʼradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021 yilda amalga oshiriladigan sud-huquq tizimida amalga oshirilishi lozim boʼlgan islohotlar eʼtirof etildi.


     2020 yil 29 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi boʼlib oʼtdi. Murojaatnomada bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hamda sud-huquq tizimida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusi 2021 yilda bajarilishi lozim boʼlgan vazifalar, shuningdek olib borilishi lozim boʼlgan yangi islohotlar muhokama qilindi. “2020 yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili boʼldi, desak, mubolagʼa boʼlmaydi. Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolar tayinlandi. Jazo muddatini oʼtayotgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy kirgan 616 nafar fuqaro afv etildi. Sudlar mustaqilligi taʼminlanishi natijasida joriy yilning oʼzida 719 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi”, -deydi davlat rahbari oʼz Murojaatnomasida. Yangi yildan boshlab joriy etiladigan “bir sud – bir instantsiya” tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini taʼminlashda bosh mezon boʼlishi lozim. Hozirgi kungacha viloyat sudlari chiqargan qaror ustidan berilgan shikoyatlar shu sudlarning oʼzida koʼrib chiqilar edi. Birgina 2019 yilda viloyat sudlari qabul qilgan 13 mingta shunday qaror Oliy sud tomonidan oʼzgartirilgan va bekor qilingan. Kelgusi yildan boshlab bir-birini takrorlaydigan sud bosqichlari qisqartiriladi. Odil sudlovga xos boʼlmagan ishlarni nazorat tartibida koʼrish amaliyoti bekor qilinadi. Navbatdagi muhim masala – yangi yildan boshlab fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari boʼyicha viloyat darajasidagi 3 ta sudlar bitta sud sifatida birlashtiriladi. Bu yangilik aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklarni yaratadi. Shuningdek, kelgusi yildan sud muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib sifatida joriy etiladi. Bunda ishni toʼxtatish yoki tugatishga asos yetarli boʼlsa, sud ishni avvalgiday tergov yoki prokurorga qaytarmasdan, oʼzining yakuniy qarorini qabul qiladi. Yana bir muhim yangilik – investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni koʼrish boʼyicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi. Endi investorlar, oʼz xohishiga koʼra, nizoni hal qilish uchun toʼgʼridan-toʼgʼri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin. Sud tizimida raqamlashtirish yanada kengaytirilib, fuqarolarimizga sud binosiga kelib yurmasdan, “onlayn” tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, fuqarolar oʼz arizalarini koʼrib chiqish jarayonini masofadan turib kuzatib borishi mumkin boʼladi.



NAZIROV SHERZOD ERKINJANOVICH

Jinoyat ishlari bo`yicha Ulug`nor tumani sudining raisi

photo_2021-01-24_14-48-04

AHOLI MUROJAATLARI JOYLARDA O`RGANILMOQDA

Ulugʼnor tumani "Shaxriobod" MFY xududida joylashgan koʼp qavatli uylarning 19-sonli uyda yashovchi bir gurux fuqarolar tomonidan yashash xonadonlari gaz taʼminoti pastligi, ichimlik suvi chiqmay qolganligi, xojatxonaga borish yoʼlagi loy va muzlama boʼlganligi uchun ushbu muammolarni yechishni soʼrab murojaat qilishgan! Murojaatdan kelib chiqib 19-uyga tuman hokimi D.Maxsudov, tuman prokurori 
M.Аxmadjonov va tuman IIB boshligʼi B.Shermatovlar joyida borib oʼrganilib tuman hokimining 
topshirigʼiga asosan B. Qoʼziev boshchiligida ishchi gurux tuzilib mavjud muammolar bartaraf etildi!